2026 yil 21 iyun kuni tungi vaqtda Qatar Davlatining Ras Laffan sanoat zonasida joylashgan “Barzan” gazni qayta ishlash zavodini qayta ishga tushirish jarayonida mahalliy gaz ta’minoti infratuzilmasida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
Qatar Energetika vaziri Saad Al Kaabiyning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 13 nafar kishi halok bo‘lgan, 66 nafar kishi turli darajada jarohat olgan. Shuningdek, Qatarning xalqaro qidiruv-qutqaruv hamda fuqaro muhofazasi xizmatlari tomonidan bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom ettirilmoqda. Vakolatli idoralar mazkur voqeani texnik avariya sifatida baholagan bo‘lib, aholi xavfsizligiga tahdid soluvchi gaz sizib chiqishi holatlari qayd etilmaganini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi Elchixonasi tomonidan Qatar Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralar bilan olib borilgan muloqotlar natijasida, hozirgi vaqtga qadar halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar hamda bedarak yo‘qolganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aniqlanmagani ma’lum qilindi.
Elchixona vaziyatni doimiy nazoratga olgan bo‘lib, Qatarning tegishli davlat organlari bilan yaqin hamkorlik va muntazam axborot almashinuvini davom ettirmoqda.
Qatar hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan rasmiy axborot manbalariga tayanishlari hamda xavfsizlik bo‘yicha mahalliy vakolatli idoralar ko‘rsatmalariga amal qilishlari so‘raladi.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar olingan taqdirda jamoatchilikka qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi Elchixonasi
Doha shahri
23 iyun 2026 yil
November 01, 2026
The Dunyo News Agency has launched a new English-language media project, “Diplomatic Digest,” dedicated to Uzbekistan’s foreign policy, international cooperation, …
Read MoreOctober 15, 2026
The seventh summit of the Conference on Interaction and Confidence Building Measures in Asia (CICA) will take place in Baku …
Read MoreOctober 14, 2026
The third decade of the 21st century is shaping up to be a complex yet opportunity-rich period for the international …
Read More