Oʻzbekistonning Koʻrfaz arab davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalari murojaati

Oʻzbekistonning Koʻrfaz arab davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalari murojaati
March 08, 2026

Oʻzbekistonning Koʻrfaz arab davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalari murojaati

Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ushbu hududdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan holat doimiy ravishda kuzatib borilmoqda.

Ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan vaziyatga nisbatan vazmin va xotirjam munosabatda boʻlish, asossiz xavotir va ortiqcha vahimaga berilmasliklarini soʻraymiz.

Hozirgi vaqtda qabul qiluvchi davlatlar tomonidan vaziyatni barqarorlashtirish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari tomonidan yurtdoshlarimizga har tomonlama konsullik koʻmak koʻrsatish masalalari doimiy nazoratga olingan.

Diplomatik vakolatxonalarimiz va tegishli konsullik xizmatlari 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda. Fuqarolarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va tezkor koʻrib chiqish maqsadida maxsus @tiv_yordam_bot ishga tushirilgan boʻlib, barcha murojaatlar boʻyicha qisqa muddatlarda javob qaytarilmoqda.

Vaziyatdan kelib chiqqan holda yurtdoshlarimizni Vatanga qaytarish masalasi ham doimiy eʼtibor markazida turibdi. Diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan aviakompaniyalar va mahalliy vakolatli idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarimizning xavfsiz tarzda Oʻzbekistonga qaytishini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Oʻz navbatida, fuqarolarimizdan qabul qiluvchi davlatlarning amaldagi qonunchiligi va ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻraymiz.

Shuningdek, fuqarolarimizdan vaziyatga oid maʼlumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali olish, turli tasdiqlanmagan xabar va mish-mishlarga ishonmasliklarini soʻraymiz.

@tivmatbuot

 

Обращение дипломатических представительств Республики Узбекистан в странах Залива

В связи со сложившейся ситуацией в регионе Ближнего Востока дипломатические представительства Республики Узбекистан в данном регионе осуществляют постоянный мониторинг обстановки.

Просим граждан Республики Узбекистан, находящихся в указанных странах, сохранять сдержанность и спокойствие, не поддаваться необоснованным тревогам и излишней панике.

В настоящее время государства пребывания предпринимают соответствующие меры, направленные на стабилизацию ситуации и обеспечение общественной безопасности.

Вопросы оказания всесторонней консульской помощи нашим соотечественникам находятся под постоянным контролем дипломатических представительств Республики Узбекистан.

Наши дипломатические представительства и соответствующие консульские службы работают в режиме 24/7. Для приема и оперативного рассмотрения обращений граждан запущен специальный бот @tiv_yordam_bot, посредством которого принимаются обращения и в кратчайшие сроки направляются ответы.

Вопрос возвращения наших соотечественников на Родину, исходя из развития ситуации, также находится в центре постоянного внимания. Дипломатические представительства в сотрудничестве с авиакомпаниями и местными уполномоченными органами принимают необходимые меры для обеспечения безопасного возвращения граждан в Узбекистан.

В свою очередь просим наших граждан строго соблюдать действующее законодательство и внутренние правила принимающих государств.

Также призываем наших граждан получать информацию о ситуации исключительно из официальных источников и не доверять различным неподтвержденным сообщениям и слухам.

@tivmatbuot

politics uzbekistan
Share this article